
Spikerimiz
Yoʻldoshev Nabijon Pirimovich
Tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali kardiolog
- 26 yillik tajriba
Catalyst · Healing Futures
Catalyst tibbiyotga qiziquvchi maktab oʻquvchilari, talabalar va yosh mutaxassislarni birlashtiruvchi interaktiv taʼlim platformasi. U 2025-yil noyabrida boshlangan.
Biz yoshlarda klinik va analitik fikrlashni rivojlantiramiz, tibbiy muammolarga kreativ yondashuvni oʻrgatamiz va ularni soha mutaxassislari bilan bogʻlaymiz. Ilm bilan birga volontyorlik, tibbiy aksiyalar va ijtimoiy loyihalar orqali jamiyatga foyda keltiramiz.

01 · Hamkorlik
Har bir Catalyst sessiyasi hamkor taʼlim muassasasi bilan birga oʻtadi. Toshkentdan Fargʻona, Namangan, Xorazm va Samarqandgacha universitet va maktablar bizga oʻz eshigini ochdi.
Hamkorlarimiz

Toshkentdagi uch sessiya

Fargʻonadagi ikki sessiya

Akademik litsey, Namangan

Hudud turi, Xorazm

Hudud turi, Fargʻona

Hudud turi, Samarqand
Auditoriya, proyektor, mikrofon va kofe-breyk uchun joy.
02 · Tadbir strategiyasi
“Build a Disease” challenge’imiz butun tadbirning yuragi. Lekin unga yetib kelish uchun beshta qadam bor: joy, spiker, keys, musobaqa va pitching.
Har bir tadbir hamkor taʼlim muassasasidan boshlanadi: universitet, akademik litsey yoki xususiy maktab.
Hamkor auditoriya, proyektor, mikrofon va kofe-breyk uchun joy beradi. Qolgan hamma narsa bizdan. Toshkentdagi uchala sessiyamiz Yangi Oʻzbekiston universitetida oʻtdi.
Ishtirokchilar kitobdagi nazariyani haqiqiy shifokordan eshitishi kerak. Shuning uchun har bir tadbirga soha mutaxassisini taklif qilamiz.
Spikerlar dolzarb mavzularda maʼruza qiladi: ruhiy salomatlik, immunitet, sogʻlom ovqatlanish.

Spikerimiz
Yoʻldoshev Nabijon Pirimovich
Tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali kardiolog
Jamoalar uchun keys tayyorlaymiz: real klinik holat yoki “Build a Disease” topshirigʻi.
“Build a Disease”da jamoa yangi, oʻylab topilgan kasallik yaratadi va uni shifokor kabi oxirigacha ishlab chiqadi:
03 · Tadbirlar
Ijtimoiy loyihadan respublika miqyosidagi Medical Challenge’gacha, eng yangisidan boshlab. Har birini oching: toʻliq tavsif, raqamlar va suratlar.
04 · Jamoa
Sessiyalarni tashkil qiladigan, maktab va universitetlar bilan kelishadigan, kanal va suratlarni yuritadigan jamoa.
Catalyst’ni boshlagan va uni yuritayotgan hammuassislar.

Diyorbek
Abduhalilov
Loyiha hammuassisi

Nurulloh
Shukrullayev
Loyiha hammuassisi
Har bir sessiyani joyida tashkil qiladigan, kanal va suratlarni yuritadiganlar.

Asliddin
Akhadov
Media

Sabinabonu
Khusanova
Tadbirlar menejeri

Sofiya
Rustamova
PR
05 · Maqsad
Biz 2027-yilgacha respublikaning barcha viloyatlarida faol Catalyst hamjamiyatini shakllantirishni, oliy taʼlim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan barqaror hamkorlik tarmogʻini yaratishni maqsad qilganmiz.
06 · Ariza
Keyingi Medical Challenge’larda ishtirokchi, tadbirlarni tashkil qiluvchi volontyor yoki oʻz viloyatingizda Catalyst tadbirini oʻtkazuvchi elchi boʻling. Arizani diqqat bilan toʻldiring: jamoa har birini oʻqib chiqadi.